Bundesliga chempionligini muddatidan oldin naqd qilgan Myunxenning «Bavariya» klubi endi bor e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratmoqda. Myunxenliklarni yarim finalda musobaqaning amaldagi g‘olibi — Fransiyaning «PSJ» jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi.
Angliyalik hujumchi Harri Keyn mavsumni yuqori notada yakunlash niyatida ekanini bildirdi.
«Endigi vazifa — mavsum yakunini boy bermaslik. Bu ham mamlakat kubogiga, ham Chempionlar ligasiga tegishli. Biz ushbu musobaqalarda ham zafar quchishni istaymiz», — deya Keynning so‘zlarini keltirmoqda SkySportDE.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik to‘purar 2023 yildan buyon Germaniya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha esa u uzoq vaqt davomida Londonning «Tottenhem» klubida faoliyat yuritgan edi.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi dastlabki yarim final bahsi 28 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.













