Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Arbeloa Jud Bellingemning erta almashtirilishi sababini tushuntirdi

Arbeloa Jud Bellingemning erta almashtirilishi sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi Ispaniya La Ligasi doirasida o‘z maydonida «Alaves» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 30-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. 50-daqiqada esa Vinisius Junior madridliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi. Mehmonlar bahs yakunida bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘yinning 58-daqiqasida jamoa yetakchilaridan biri Djud Bellingem maydonni tark etdi va uning o‘rniga Braim Dias tushdi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ushbu qaroriga izoh berib o‘tdi.

«Bellingemni almashtirganimning sababi — u Myunxenda «Bavariya»ga qarshi kechgan o‘tgan bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan edi. Militao bilan bog‘liq ko‘ngilsizlikdan so‘ng, Djud borasida tavakkal qilishni istamadim. U juma kuni tarkibga qaytadi», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Ma’lumot uchun, himoyachi Eder Militao uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 24 aprel kuni safarda «Betis»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:02, 22.04.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик