Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Oltin to‘p» poygasida yangi yetakchi: Maykl Olise Xarri Keynni ortda qoldirdi (Score90)

«Oltin to‘p» poygasida yangi yetakchi: Maykl Olise Xarri Keynni ortda qoldirdi (Score90)

Baho:
+ | -

«Oltin to‘p» uchun kurashda favorit o‘zgardi. Score 90 ekspertlarining yangilangan reytingiga ko‘ra, ayni damda birinchi o‘rinni «Bavariya» vingeri Maykl Olise egallab turibdi. U o‘z jamoadoshi Xarri Keynni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Reytingning kuchli beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Maykl Olise («Bavariya»)

  2. Xarri Keyn («Bavariya»)

  3. Lamin Yamal («Barselona»)

  4. Kilian Mbappe («Real Madrid»)

  5. Erling Xoland («Manchester Siti»)

Maykl Olise joriy mavsumda «Bavariya» libosida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Myunxen klubi hamon «trebl» (bir mavsumda uchta asosiy sovrin) uchun kurashni davom ettirmoqda.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilgi «Oltin to‘p» so‘rovnomasida Olise 30 ta nomzod orasida eng oxirgi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 09:29, 23.04.2026.
O'qildi: 2637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик