Kirish Ro'yxatdan o'tish

Noyer yangi shartnoma borasidagi savollarga javob berdi

Noyer yangi shartnoma borasidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer mavsum yakunlanganidan keyin klubda qolish-qolmasligi borasida hali rasmiy bayonot bermadi. Myunxenliklarning 40 yoshli sardorining amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Bundesliga grandi rahbariyati afsonaviy faxriy bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish istagida. Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko‘ra, Noyer o‘z kelajagi haqidagi savolga quyidagicha javob bergan:

«Men hozir hech narsani e’lon qilmoqchi emasman, lekin ayni damda hammasi ijobiy ko‘rinmoqda».

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni darvozabon Vensan Kompani jamoasiga Germaniya Kubogi finaliga chiqishda yordam berdi. «Bayer»ga qarshi kechgan yarim final bahsida (2:0) Noyer o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Manuel Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 12:09, 23.04.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик