Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bastoni «Barselona»ga o‘tish uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi

Bastoni «Barselona»ga o‘tish uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Barselona» «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni bilan shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, La Liga jamoasi 27 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi bilan besh yillik shartnoma imzolamoqchi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishni amalga oshirish uchun «qo‘lidan kelgan barcha ishni» qiladi. Jumladan, u kataloniyaliklarga moliyaviy cheklovlar doirasida qolishga yordam berish uchun pastroq maoshga ham rozi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, transfer summasi 75 million yevroni tashkil etadi.

Bastoni 2017 yilning avgustidan beri «Inter»da o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 37 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:33, 23.04.2026.
O'qildi: 1307 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик