Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rashford «Barselona»ni tark etish arafasida — Manba

Rashford «Barselona»ni tark etish arafasida — Manba

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Markus Rashford jamoani tark etishga yaqin. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub sport direktori Deku yozda 30 million yevroga yangi hujumchi sotib olishni, ijaradagi Markus Rashfordni saqlab qolishdan ustun qo‘ymoqda.

Kataloniya klubida futbolchi Rafinya yo‘qligida berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmagani ta’kidlanmoqda. Ayniqsa, Chempionlar ligasi chorak finalida «Atletiko»ga qarshi o‘yinlardagi ishtiroki klubni qoniqtirmagan.

Shu sababli «Barselona» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

28 yoshli Markus Rashford 2025 yil iyul oyida «Manchester Yunayted»dan ijara asosida o‘tgan. U joriy mavsumda 44 o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:25, 24.04.2026.
O'qildi: 2771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик