Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona»ning yosh yulduzi og‘ir jarohat oldi

«Barselona»ning yosh yulduzi og‘ir jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» yoshlar jamoasining iste’dodli a’zosi Xuan Ernandes navbatdagi o‘yinda og‘ir jarohat oldi — uning tizzasidagi xochsimon bog‘lamlari uzildi.

Futboldagi eng murakkab jarohatlardan biri hisoblangan ushbu holatdan tiklanish uchun kamida sakkiz oy vaqt talab etiladi.

Iqtidorli futbolchi «Barselona» U19 jamoasi safida 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi, biroq endi u uchun mavsum muddatidan oldin yakunlandi. Bu ko‘ngilsizlik Ernandes uchun eng noqulay vaqtda yuz berdi — u yaqindagina klub bilan shartnomasini uzaytirgan va rahbariyat uni asosiy jamoada debyut qilishi uchun kuzata boshlagan edi.

Kiritildi: 10:58, 24.04.2026.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик