Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Arda Gyuler APL grandlari nishonida

Arda Gyuler APL grandlari nishonida

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Arda Gyulerning Angliyaga ehtimoliy transferi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti. 21 yoshli futbolchiga «Arsenal» tomonidan bo‘layotgan qiziqish yana kun tartibiga chiqdi.

Jurnalist Sebastyen Vidalning xabariga ko‘ra, «kanonirlar» turkiyalik yosh yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish ilinjida amaliy harakatlarga kirishishgan — futbolchining yaqinlari bilan aloqa o‘rnatib bo‘lingan. Shuningdek, «Liverpul» ham vaziyatni kuzatib bormoqda. Hozircha yarim himoyachining o‘zi «Real»dan ketish haqida o‘ylamayapti.

Ehtimoliy transfer qiymati 80 million yevrodan ko‘proqqa baholanmoqda. Arda Gyuler joriy mavsumda «qaymoqranglilar» libosida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:07, 24.04.2026.
O'qildi: 1579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик