Kirish Ro'yxatdan o'tish

Benzema Ronaldu bilan o‘tgan yillarini esladi

Benzema Ronaldu bilan o‘tgan yillarini esladi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema Madridning «Real» klubida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan davrlarini yodga oldi. Fransiyalik va portugaliyalik yulduzlar 2009 yildan 2018 yilgacha birgalikda «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilishgan.

«Ha, u ketganidan keyin hujumda menda erkinlik ko‘paydi, lekin u bilan birga o‘ynash juda ajoyib edi. Men uning jarima maydonchasi ichida qanday harakat qilishini mukammal o‘rgangandim. U bir mavsumda 50 talab gol urardi — bu aql bovar qilmas natija edi. Men undan harakatlanish, raqib ortiga yorib kirish va pressingda qatnashish borasida ko‘p narsa o‘rgandim», — deya 38 yoshli forvardning so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.

Benzemaning o‘zi «Real»ni 2023 yilda tark etib, «Al-Ittihod»ga o‘tgan edi. Joriy yilning boshida esa uni «Al-Hilol» o‘z safiga qo‘shib oldi. Hozirda ushbu jamoa Saudiya ligasida chempionlik uchun Ronaldu to‘p surayotgan «An-Nasr» bilan kurash olib bormoqda.

Kiritildi: 11:25, 24.04.2026.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик