Kirish Ro'yxatdan o'tish

Doku o‘z kumirlarini aytdi

Doku o‘z kumirlarini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku bolaligida unga ilhom bag‘ishlagan futbolchilar kim bo‘lganini ochiqladi.

«To‘qqiz-o‘n yoshimda hujumchi edim. Keyinchalik, taxminan o‘n ikki yoshdan boshlab, vingerga aylandim. Menga Neymar, Messi, Riberi, Eden Azar, Robben va Ronaldinyoning o‘yinlarini tomosha qilish yoqardi. So‘ngra men o‘z uslubimni yaratdim», — deya Dokuning so‘zlarini keltirmoqda The Guardian.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Doku 23 yoshda va u qariyb uch yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi rasmiy o‘yinlarda kam gol urgan (4 ta) bo‘lsa-da, golli uzatmalar borasida ajoyib ko‘rsatkich (13 ta) qayd etmoqda. Transfermarkt portali futbolchini 65 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 13:34, 24.04.2026.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик