Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga doirasida «Betis» bilan o‘yindagi (1:1) boy berilgan g‘alabadan so‘ng hakamlikdan norozi bo‘ldi. «Qaymoqranglilar» 94-daqiqada gol o‘tkazib yuborib, yana ochko yo‘qotishdi.
«Betis» gol urgan vaziyatda Mendiga nisbatan aniq fol ishlatilgan edi. Muammo shundaki, hakamlar futbolni tushunishlari kerak, ammo ba’zida ular shunchaki o‘yinni anglamaydilar», – dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
«Real» tarkibida 17-daqiqada Vinisius Junior gol muallifiga aylandi.













