Kirish Ro'yxatdan o'tish

Azar faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Azar faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Anderlext»ning belgiyalik yarim himoyachisi Torgan Azar «Lans»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi shu yozda «Anderlext» bilan shartnomasi muddati tugagach, «Lans» safiga qaytishi mumkin. Azar fransuz klubi bilan hamkorlik shartlari bo‘yicha kelishib olgan, tomonlar 2028 yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma imzolashadi.

Torgan Azar faoliyatining dastlabki bosqichida ham «Lans» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, futbolchining faoliyatida Dortmundning «Borussiya»si, Myonxengladbaxning «Borussiya»si, PSV va boshqa bir qator jamoalar bor.

Kiritildi: 09:26, 25.04.2026.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик