Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» sobiq himoyachisi Ronaldu bilan o‘tgan yillarini xotirladi

«Yuventus» sobiq himoyachisi Ronaldu bilan o‘tgan yillarini xotirladi

Baho:
+ | -1

«Yuventus»ning sobiq himoyachisi Mattia de Shilyo Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynagan kezlarini yodga oldi.

Italiyalik futbolchi 2017 yildan 2025 yilgacha «byankoneri»ga tegishli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan ijarada to‘p surgan. Portugaliyalik hujumchi esa 2018 yildan 2021 yilgacha Turin klubi sharafini himoya qilgan.

«Ronalduni ko‘rganingizda, bunday futbolchining o‘yinini kuzatish imkoniyati hayotda faqat bir marta berilishini darhol tushunasiz. U kiyinish xonasidagi barchaga muqarrar ravishda ta’sir o‘tkazadi va umumiy mezonni (plankani) baland ko‘taradi. Agar unga yetishib olishni istasangiz, 200 foiz kuch bilan ishlashingiz kerak bo‘ladi. Krishtianu — o‘z ishiga sodiqlik va professionallik namunasi, shu bilan birga, shaxsiy suhbatda doimo ijobiy kayfiyatda bo‘ladi, hazillashishni yaxshi ko‘radi.

Unga qarshi o‘ynash ham aql bovar qilmas — unutilmas tajriba edi. Uning «Real» safida «Yuventus»ga qarshi o‘yinda chalqancha uslubda yo‘llagan zarbasi — bu shunchaki o‘zgacha voqea», — deya hozirda klubi yo‘q bo‘lgan de Shilyoning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Kiritildi: 12:12, 25.04.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик