Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekspert: «Arsenal» «Nyukasl»ni ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etadi»

Ekspert: «Arsenal» «Nyukasl»ni ikki to‘p farqi bilan mag‘lub etadi»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 34-turi doirasidagi o‘z maydonida kechadigan bahsda Londonning «Arsenal» jamoasi «Nyukasl» bilan to‘qnash keladi. «Tottenxem»ning sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko bo‘lajak o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Arsenal» ko‘proq ishtiyoq bilan harakat qiladi, ular oxirigacha borishlari va «Manchester Siti»ning xato qilishini kutishlari kerak. Bu yerda hamma narsa mantiqan maydon egalarining g‘alabasiga ishora qilmoqda, ehtimol ikkita to‘p farqi bilan», — dedi ekspert.

«Arsenal» va «Nyukasl» o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 25 aprel kuni Londonning «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

«To‘pchilar» Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, «qarg‘alar» esa 14-pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 13:23, 25.04.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик