Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Milan» APLning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga xaridor bo‘lmoqda

«Milan» APLning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» klubi «Brentford» safida to‘p surayotgan braziliyalik markaziy hujumchi Igor Tyagoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «rossonerilar» rahbariyati yozgi transfer oynasida markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirilishi lozim bo‘lgan asosiy nuqta deb hisoblamoqda. Tyago esa potensial variantlardan biri sifatida allaqachon sotib olinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

24 yoshli hujumchi joriy mavsumda yuqori natijadorlik ko‘rsatmoqda. «Brentford» safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushgan Tyago 24 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi to‘purarlar poygasida «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolanddan uchta to‘pga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Nufuzli Transfermarkt portali Tyagoning bahosini 50 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 13:35, 25.04.2026.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик