Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kolumbiyalik velosportchi poygadagi halokatdan bir necha kun o‘tib vafot etdi

Kolumbiyalik velosportchi poygadagi halokatdan bir necha kun o‘tib vafot etdi

Baho:
+ | -

Kolumbiya velosport federasiyasi matbuot xizmati 30 yoshli sportchi Kristian Kamilo Munyosning vafot etganini ma’lum qildi.

Fojia Fransiyada o‘tkazilgan “Tour du Jura” poygasida yuz bergan. 18 aprel kungi bahslarda Munyos yiqilib tushib, tizzasidan jarohat olgan. Dastlab xavfli ko‘rinmagan ushbu jarohat ortidan shifokorlar sportchida davolash qiyin bo‘lgan infeksiyani aniqlashgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay, so‘nggi kunlarda uning ahvoli keskin yomonlashgan va u hayotdan ko‘z yumgan.

“Kolumbiya velosport federasiyasi va uning ijroiya qo‘mitasi o‘tgan shanba kungi halokatdan so‘ng yuzaga kelgan asoratlar tufayli ‘NU Colombia’ jamoasi a’zosi Kamilo Munyosning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya bildiradi. Uning vafoti kolumbiyalik velosport ishqibozlari va uni yaqindan taniganlar qalbidan chuqur joy oldi. Kristian o‘zining intizomi va qat’iyati bilan barchamizning xotiramizda qoladi”, deyiladi federasiya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandning “Dinamo” klubi U-19 jamoasi a’zosi, 18 yoshli Sardor Murodov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:05, 25.04.2026.
O'qildi: 927 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик