Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

OAV: FIFA ligalarga bir mavsumda bitta o‘yinni boshqa mamlakat hududida o‘tkazishga ruxsat beradi

OAV: FIFA ligalarga bir mavsumda bitta o‘yinni boshqa mamlakat hududida o‘tkazishga ruxsat beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA Yevropa ligalariga rasman bir mavsumda chempionatning bitta uchrashuvini boshqa davlat hududida o‘tkazish huquqini berishi mumkin.

Guardian nashri xabar berishicha, FIFA ushbu yangilik ustida ish olib bormoqda va har bir mamlakat uchun boshqa davlat chempionatining ko‘pi bilan beshta o‘yinini qabul qilish huquqini belgilamoqchi.

2025/26 yilgi mavsumda La Liga va A Seriya Mayami hamda Pert hududida rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan edi, ammo mahalliy hokimiyatdan rad javobini olgan.

Yangi protokolga ko‘ra, boshqa mamlakat hududida rasmiy o‘yin o‘tkazish bo‘yicha har bir urinish avval har ikki tomon federasiyalari orqali tasdiqlanishi, shundan keyin esa FIFAga rasmiy ariza taqdim etilishi kerak bo‘ladi.

FIFA ushbu islohot kelasi mavsumdan kuchga kirishiga umid qilmoqda.

Bunday yangilik tarafdorlaridan biri sifatida MLS ligasi tilga olinmoqda. Ular Yevropa top-klublarining Shimoliy Amerikaga haddan tashqari ko‘p tashrif buyurishini cheklashni istamoqda.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 16:10, 25.04.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик