Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino kelasi mavsumda «Real»ni boshqarishi mumkin — COPE jurnalisti

Pochettino kelasi mavsumda «Real»ni boshqarishi mumkin — COPE jurnalisti

Baho:
+ | -

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kelasi mavsumdan boshlab Madridning «Real» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda COPE jurnalisti Migel Anxel Dias ma’lum qildi.

«Menda Maurisio Pochettino kelasi mavsumda “Real” murabbiyi bo‘ladi, degan taassurot paydo bo‘ldi. O‘ylaymanki, “qaymoqranglilar” yangi bosh murabbiy nomi e’lon qilinishi uchun uzoq kutmaydi», — dedi Dias.

Pochettino 2024 yil sentyabridan buyon AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Argentinalik mutaxassisning amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

«Real»ni esa 2026 yil yanvaridan buyon Alvaro Arbeloa boshqarib kelmoqda. Uning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:01, 25.04.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик