Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» APL tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi

«Arsenal» APL tarixida mutlaq rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi Angliya Premyer-ligasida burchak zarbalaridan gol urish bo‘yicha tarixiy natijani qayd etdi.

APLning 34-turi doirasida kechayotgan «Nyukasl»ga qarshi bahsning 9-daqiqasida Eberechi Eze jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi. Ushbu gol burchak zarbasi o‘yinga kiritilgandan so‘ng yuzaga keldi.

Shu tariqa, «kanonirlar» joriy mavsumda burchak to‘plaridan urilgan gollari sonini 17 taga yetkazib olishdi. Bu turnir tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bungacha rekord «Arsenal»ning o‘ziga (2023/24 yilgi mavsumda 16 ta gol), shuningdek, «Oldhem» (1992/93) va «Vest Bromvich» (2016/17) klublariga tegishli edi.

Kiritildi: 23:09, 25.04.2026.
O'qildi: 5578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик