Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga-1. «PSJ» kamchilikda qolgan holda «Anje»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Liga-1. «PSJ» kamchilikda qolgan holda «Anje»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan bahsda «PSJ» safarda «Anje» mehmoni bo‘ldi. Fransiyaning Anje shahridagi «Raymon Kopa» stadionida o‘tgan uchrashuvda parijliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisobni 7-daqiqada «PSJ» yarim himoyachisi Li Kan In ochdi. 39-daqiqada Senni Mayulu mehmonlar ustunligini oshirdi. 52-daqiqada himoyachi Lukas Beraldo «Anje» darvozasiga uchinchi golni kiritdi. 74-daqiqada esa parijliklar hujumchisi Gonsalu Ramush ikkinchi sariq kartochkasi uchun maydondan chetlatildi.

Fransiya chempionatida 30 ta o‘yindan keyin «PSJ» 69 ochko bilan turnir jadvali peshqadami bo‘lib turibdi. «Anje» esa 31 uchrashuvdan so‘ng 34 ochko bilan 13-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Anje» 3 may kuni safarda «Oser»ga qarshi o‘ynaydi, «PSJ» esa bir kun oldin o‘z maydonida «Loryan»ni qabul qiladi.

Fransiya — Liga 1, 31-tur
25 aprel 2026 yil, shanba
«Anje» — «PSJ» 0:3
Gollar: Li Kan In 7 (0:1), Mayulu 39 (0:2), Beraldo 52 (0:3).
Chetlatish: Gonsalu Ramush 74 («PSJ»).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:25, 26.04.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик