Kirish Ro'yxatdan o'tish

Doku: «Bu shunchaki dahshat!»

Doku: «Bu shunchaki dahshat!»

Baho:
+1 | -

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku Angliya Kubogi yarim finali doirasida «Sautgempton»ga qarshi kechgan bahsda (2:1) jamoadoshi Niko Gonsales urgan gol uni hayratda qoldirganini tan oldi.

«Shaharliklar» 79-daqiqada gol o‘tkazib yuborishgan edi, biroq oradan atigi uch daqiqa o‘tib, Dokuning harakatlari evaziga muvozanatni tiklashdi. Yana besh daqiqadan so‘ng belgiyalik futbolchi Nikoga golli uzatma yetkazib berdi va u yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Rostini aytsam, men hayratdaman! Nikoga endi darvozaga tez-tez zarba berib turishi kerakligini albatta aytaman. Qanday gol! Qanday gol! Dahshatli lahza», — deya Dokuning intervyusidan iqtibos keltiradi City Report.

Angliya Kubogining ikkinchi finalchisi bugun «Chelsi» va «Lids» o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

Kiritildi: 11:33, 26.04.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик