Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano tasdiqladi: Nikolas Pas «Real»ga qaytishga rozi bo‘ldi

Fabrisio Romano tasdiqladi: Nikolas Pas «Real»ga qaytishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Argentinalik yarim himoyachi, hozirda Italiyaning «Komo» klubida to‘p surayotgan Nikolas Pas faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, Madridning «Real» klubi yarim himoyachini ortga qaytarishdan manfaatdor. Pas 2022 yildan 2024 yilgacha «qirollik klubi» a’zosi bo‘lgan, shundan so‘ng A Seriyaga yo‘l olgan edi. Nikolasning «qaymoqranglilar» safiga o‘tishi yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Yarim himoyachining o‘zi «Real»ga qaytishga rozilik bergan.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Pas 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:37, 26.04.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик