Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Biz «Bavariya»ga qarshi o‘yinga tayyormiz»: Enrike «PSJ»ning YECHL yarim finali oldidan ruhiy holati haqida.

«Biz «Bavariya»ga qarshi o‘yinga tayyormiz»: Enrike «PSJ»ning YECHL yarim finali oldidan ruhiy holati haqida.

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 doirasida «Anje» ustidan qozonilgan g‘alabani (3:0) sharhladi. Parijliklar shanba kungi bahsda Li Kan In, Senni Meyulyu va Lukas Beraldo tomonidan 7, 39 va 52-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga zafar quchishdi.

«Bunday g‘alaba — Chempionlar ligasi yarim finaliga tayyorgarlik ko‘rishning eng yaxshi usuli. Bu ham har bir futbolchining shaxsiy ishonchi uchun, ham jamoa va muxlislar uchun muhim. Biz «Bavariya» bilan o‘yinga tayyor bo‘lamiz. Tayyorgarlik esa ertangi mashg‘ulotlardan boshlanadi», — dedi Enrike PSGTV bilan suhbatda.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv seshanba kuni, 28 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 6 mayga belgilangan.

Kiritildi: 11:45, 26.04.2026.
O'qildi: 521 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик