Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona»ning sobiq hujumchisi 60 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tishi mumkin

«Barselona»ning sobiq hujumchisi 60 million yevro evaziga «Liverpul»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+2 | -

Sevilyaning «Betis» klubi hujumchisi Abde Ezzalzuli Ispaniya chempionatini tark etib, faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Liverpul» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi rahbariyati 24 yoshli marokashlik o‘yinchining transferi uchun 60 million yevro ajratishga tayyor. Aynan shu miqdordagi mablag‘ uning shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Abde 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z hisobiga 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:20, 26.04.2026.
O'qildi: 3264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик