Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni tikladi

«Barselona» Vlaxovichga bo‘lgan qiziqishni tikladi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik futbolchining transferiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi avval ham hujumchini sotib olishga uringan edi va endilikda unga bo‘lgan qiziqishini qayta tikladi.

«Ko‘k-anorranglilar», agar Vlaxovich «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmasa, uni yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Dushan Vlaxovich 2022 yilda 85 million yevro evaziga «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Dushan Vlaxovich «Yuventus» safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:37, 26.04.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик