Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Napoli" markaziy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Napoli" markaziy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Kosovalik markaziy himoyachi Amir Rraxmani «Napoli» bilan 2029 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, kelishuv shartlari so‘nggi bir necha kun ichida to‘liq ishlab chiqilgan. Klub hozircha ushbu kelishuv borasida rasmiy bayonot bergani yo‘q. Yangi shartnomaga ko‘ra, Rraxmani yiliga 3,8 million yevro maosh oladi. Unga Turkiya va Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqishlar bo‘lgan edi, biroq himoyachi Italiyada qolishga qaror qildi.

Rraxmani «Napoli» safiga 2020 yilda «Verona»dan 15,3 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda 32 yoshli futbolchi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, 5 bor ogohlantirildi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Rraxmanining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:24, 26.04.2026.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик