Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» yarim himoyachisini Ligi 1 klublariga sotishga tayyor

«Milan» yarim himoyachisini Ligi 1 klublariga sotishga tayyor

Baho:
+ | -

«Milan»ning markaziy yarim himoyachisi Yussuf Fofana Fransiya chempionatining ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TuttoSport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik xavbekni «Lion» va «Marsel» klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Rossonerilar» futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, chunki uning sotilishi yozgi transfer oynasida Leon Goreskaning «Bavariya»dan «Milan»ga o‘tishini moliyalashtirishga yordam beradi.

Qayd etilishicha, «Milan» rahbariyati Fofanani 30 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 23:11, 26.04.2026.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик