Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ansu Fati faoliyatini «Monako»da davom ettirmoqchi

Ansu Fati faoliyatini «Monako»da davom ettirmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona»ga tegishli bo‘lgan va hozirda ijara asosida «Monako» sharafini himoya qilayotgan hujumchi Ansu Fatining otasi — Bori Fati o‘g‘lining rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumni Fransiya chempionatida o‘tkazmoqda. «Monako» klubi ispaniyalik futbolchini to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘lsa-da, hozircha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q. Bori Fatining so‘zlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi hozirgi jamoasida qolishni afzal ko‘rmoqda.

«Biz hozircha aniq bir gap ayta olmaymiz. Ansuning «Monako»da qolishini istagan bo‘lardik, chunki unga bu yerdagi muhit ma’qul kelmoqda. Biroq uning «Barselona» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor. Voqealar rivojini kuzatamiz», — deya Bori Fatining so‘zlarini keltiradi mashhur insayder Fabrisio Romano.

Ma’lumot uchun, Ansu Fati «Monako» safida muvaffaqiyatli mavsumni o‘tkazmoqda. U «qizil-oqlar» libosida 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Kiritildi: 11:36, 27.04.2026.
O'qildi: 486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик