Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Jerrard Salohning kutilmagan jarohati va jamoadan ketishi haqida gapirdi

Jerrard Salohning kutilmagan jarohati va jamoadan ketishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa hujumchisi Muhammad Salohning jarohati hamda uning mersisaydliklar safidagi kelajagi borasida fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Tibbiy ko‘riklarga ko‘ra, 33 yoshli hujumchining tiklanishi uchun kamida to‘rt hafta vaqt talab etiladi. Salohning joriy mavsum yakunida klubni tark etishini inobatga olsak, u «qizillar» libosida boshqa maydonga tushmasligi mumkin.

Jerrard TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida ushbu vaziyatdan afsusda ekanini yashirmadi.

«Bu Muhammadning so‘nggi o‘yini edimi? Agar chindan shunday bo‘lsa, bu juda achinarli. Saloh — klub afsonasi. Barcha uning jamoadan o‘ziga munosib tarzda kuzatilishini istagan bo‘lardi», — deydi Stiven Jerrard.

Ma’lumot uchun, avvalroq Saloh 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Liverpul» bilan xayrlashishi haqida xabarlar berilgan edi.

Kiritildi: 11:50, 27.04.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик