Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Borussiya D» «Real» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. Klublar o‘rtasida narx borasida kelishmovchilik bor

«Borussiya D» «Real» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda. Klublar o‘rtasida narx borasida kelishmovchilik bor

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi 22 yoshli hujumchisi Gonsalo Garsiyani 60 million yevro evaziga sotishga tayyorligini bildirishi bilan, futbolchiga da’vogarlar paydo bo‘ldi. AS nashrining xabar berishicha, Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Dortmundliklar Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olish istagida bo‘lsa-da, hozircha ular transfer uchun faqat 30 million yevro taklif qilishmoqda. Shu sababli tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha oldinga siljimayapti.

Ma’lumot uchun, Gonsalo Garsiya madridliklarning asosiy tarkibida o‘tgan yili Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Kilian Mbappeni almashtirgan holda debyut qilgan edi. U o‘sha turnirning eng yaxshi to‘purariga aylangan. Joriy mavsumda esa hujumchi «qirollik klubi» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 19:15, 27.04.2026.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик