Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo

Superliga. Murabbiy almashishi «Mash’al»ga yordam bermadi: «Buxoro» kichik hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. Murabbiy almashishi «Mash’al»ga yordam bermadi: «Buxoro» kichik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Buxoro» safarda «Mash’al» mehmoni bo‘lib, minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi. 17-daqiqada Shahzod Ubaydullayevning zarbasini darvozabon qaytardi. Keyinroq Vladimir Rodich va Nika Kachavara ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishdi, ammo hisob ochilmadi.

42-daqiqada Kachavaraning bosh bilan yo‘llagan xavfli zarbasini ham mezbonlar posboni bartaraf etdi. Shu tariqa birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham «Buxoro» faolroq harakat qildi. 51-daqiqada Umidjon Hamroyev jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 66-daqiqada esa «Mash’al» futbolchisi Rashid Abubakar qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar ham bir futbolchisidan ayrildi. 75-daqiqada ogohlantirilgan Asadbek Jo‘raboyev 76-daqiqada qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Uchrashuv taqdirini 86-daqiqa hal qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Esanov aniq zarba bilan hisobni ochdi va jamoasiga muhim uch ochko keltirdi — 0:1.

Qo‘shimcha daqiqalarda ham «Buxoro» ustunlikni saqlab qoldi va final hushtagi mehmonlar g‘alabasini qayd etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Buxoro" o‘z ochkolarini 17 taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Mash’al" esa joriy mavsumda hali ochkoni qo‘lga kiritmadi: 10 o‘yin va 10 mag‘lubiyat.

O‘zbekiston Superligasi, 10-tur
27 aprel 2026 yil
«Mash’al» — «Buxoro» 0:1
Gol: Sherzod Esanov, 86 (0:1).
Chetlatishlar: Rashid Abubakar, 66 («Mash’al»), Asadbek Jo‘raboyev, 76 («Buxoro»).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:05, 27.04.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик