Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Bavariya» 31 yillik antirekordni yangiladi

«Bavariya» 31 yillik antirekordni yangiladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o‘yinida «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi (4:5). Opta nashrining xabar berishicha, Myunxen jamoasi 1995 yilning aprelidan buyon ilk bor yevrokuboklarda o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqdi.

Oxirgi marta bunday holat 1994/95 yilgi mavsumda, Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «Ayaks»ga qarshi safar o‘yinida kuzatilgan edi — o‘shanda nemislar 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

Bundan tashqari, «Pari Sen-Jermen» 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasining 4 ta o‘yinida kamida 5 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi — bu turnirning joriy mavsumidagi boshqa har qanday jamoa ko‘rsatkichidan yuqoridir.

«PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi yarim final javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng, 6 may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi finalga yo‘l oladi va u yerda «Atletiko» hamda «Arsenal» qarama-qarshiligi g‘olibi bilan bosh sovrin uchun kurashadi.

Kiritildi: 02:35, 29.04.2026.
O'qildi: 1464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик