Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Dembele «PSJ»dagi muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Dembele «PSJ»dagi muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Usmon Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening talabchanligi haqida gapirib berdi. Seshanba kuni parijliklar o‘z maydonlarida Chempionlar Ligasi dastlabki yarim finalida «Bavariya»ni mag‘lub etishdi (5:4). Qarama-qarshilik taqdiri kelasi chorshanba kuni Myunxenda hal bo‘ladi.

«Agar sen pressing qilmasang, himoyaga yordam bermasang — Enrike seni zaxira o‘rindig‘iga o‘tqizib qo‘yadi», — dedi Dembele o‘yindan so‘ng CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Aynan «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi «Bavariya» bilan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Dembele Joau Neveshga golli uzatma berdi, birinchi bo‘lim oxirida esa o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi. 58-daqiqada esa Usmon jamoasining oxirgi, beshinchi golini urdi.

Kiritildi: 10:06, 29.04.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик