Madridning «Real» klubi sobiq ustozi Fabio Kapello joriy yilning boshida Xabi Alonsoning iste’foga chiqarilgani borasida o‘z fikrini bildirdi. Mutaxassis Leverkuzenning «Bayer» klubidagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng katta umidlar bilan Madrid klubini qabul qilib olgan edi, biroq u o‘z lavozimida bor-yo‘g‘i bir necha oy ishlay oldi.
«Menimcha, Xabi Alonsoga futbolchilarni o‘zlariga ishontirish va ularni kerakli yo‘nalishda ergashtira olish uchun xarizma yetishmadi. Agar o‘yinchilar senga ishonmasa, ular sening ortingding borishmaydi», — deya Fabio Kapelloning so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Madridning «Real» klubini Alvaro Arbeloa boshqarmoqda.













