«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning sobiq a’zosi Kilian Mbappe haqida aytgan gaplarini yodga oldi.
«Mbappeni ushbu jamoa uchun haqiqiy muammo ekanligi va usiz biz yanada yaxshiroq bo‘lishimiz haqida aytganimda, bu juda jasoratli qadam bo‘lgan deb o‘ylayman. Biz buni mana ikkinchi bor isbotlash arafasida turibmiz, har ikki jamoaning statistikasi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi», — deya Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabrisio Romano.
Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha «PSJ» sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tgan edi.













