Fransiyaning «PSJ» klubi ustozi Luis Enrike UEFA Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi kechgan ilk o‘yindan so‘ng, darvozabon Matvey Safonov va lateral Ashraf Hakimiyning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi.
«Menimcha, bu shunchaki mushaklar tortishishi. Yuqori shiddatli o‘yinlarda bunday holatlar uchrab turadi. Umid qilamanki, jiddiy hech narsa yo‘q», — dedi ispaniyalik mutaxassis Movistar efirida.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Parij jamoasining 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi javob o‘yini keyingi hafta Myunxendagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik g‘olibi Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi finaliga yo‘l oladi.













