Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Sizlarga xorijlik murabbiy kerak emas!» — Joze Mourinyo Italiya terma jamoasi haqidagi taklifga javob berdi

«Sizlarga xorijlik murabbiy kerak emas!» — Joze Mourinyo Italiya terma jamoasi haqidagi taklifga javob berdi

Baho:
+ | -2

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo Italiya terma jamoasida ish boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ayni damda ushbu mutaxassis o‘z vatanida «Benfika» klubini boshqarmoqda.

«Kimdir mendan sizning [Italiya] milliy terma jamoangizni boshqarish-boshqarmasligim haqida so‘radi. Mening javobim shunday — sizlarga chet ellik murabbiyning keragi yo‘q. Sizlarda Allegri, Konte bor, yana 5-6 nafar nomni sanab o‘tishim mumkin, lekin gap bunda emas», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi Il Giornale.

«Sizga Portugaliyani misol qilib keltirishimga ijozat bering. Ko‘pchilik nega 10 million aholisi bor mamlakat doimo Jahon chempionatlariga yo‘llanma oladi va Yevropaning eng yaxshi ligalaridagi top-jamoalarda o‘ynaydigan ko‘plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib beradi, deb hayron qoladi. Javob quyidagicha: keling va bizda yoshlar turnirlari qanday tashkil etilganini, ushbu jamoalardagi sharoitlar qanaqa ekanligini ko‘ring. Hammasini tushunish, ehtimol, nusxa ko‘chirish uchun shuning o‘zi kifoya», — dedi Mourinyo.

Kiritildi: 17:54, 29.04.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик