Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Rayya Madriddagi bahs yakunlariga to‘xtaldi

Rayya Madriddagi bahs yakunlariga to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni David Rayya Chempionlar ligasi yarim finali doirasida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi kechgan dastlabki bahs (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ispaniya poytaxtida o‘tgan uchrashuvda «kanonirlar»ning yagona goliga birinchi bo‘lim yakunida penaltini aniq ijro etgan Viktor Dyokeresh mualliflik qildi. Maydon egalari esa 56-daqiqada Xulian Alvaresning penaltidan urgan goli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

«Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Endi hammasi kelasi haftada hal qilinadi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, «kanonirlar»!» — deb yozib qoldirdi Rayya uchrashuv yakunlanganidan so‘ng o‘z ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi javob uchrashuvi 5 may kuni Londondagi «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:55, 30.04.2026.
O'qildi: 268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик