Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«An-Nasr» Saudiya Pro-ligasida rekord o‘rnatdi

«An-Nasr» Saudiya Pro-ligasida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turi doirasida «An-Nasr» klubi o‘z maydonida «Al-Ahli»ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyat Ar-Riyod klubi uchun nafaqat muhim uch ochko, balki tarixiy rekordni ham taqdim etdi.

Jorje Jezush shogirdlari ichki birinchilikda ketma-ket 16-g‘alabasini rasmiylashtirishdi. Jamoaning ushbu zafarli seriyasi joriy yilning 17 yanvaridan buyon davom etib kelmoqda. Bu ko‘rsatkich «An-Nasr» klubi tarixidagi eng uzoq davom etgan g‘alabali seriya sifatida rekord sifatida qayd etildi.

Ayni damda Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular eng yaqin ta’qibchisi «Al-Hilol»ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq, ta’qibchi jamoa hisobida bitta zaxira o‘yini mavjudligini inobatga olsak, chempionlik uchun kurash hali oldinda.

Kiritildi: 13:38, 30.04.2026.
O'qildi: 469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик