«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning agenti Xavyer Pastore mijozining Madridda tez-tez ko‘rinish berayotgani sababi haqidagi savolga javob berdi. Ommaviy axborot vositalaridagi mish-mishlar futbolchining «Real»ga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘lanmoqda.
«Dam olish kunlari bo‘lganda, u Madridga uchadi, chunki u yerda men yashayman va uning bu yerda do‘stlari ham bor. Boshqa hech qanday sabab yo‘q. Uning maqsadi — mavsumni «Chelsi»da yaxshi yakunlash, Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazish, keyin esa faoliyati qanday davom etishini ko‘ramiz», — deya Pastorening so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Joriy mavsumda Enso Fernandes «Chelsi» safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «ko‘klar» bilan shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













