«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt Angliya chempionatining kelasi mavsumidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi. U o‘z jamoasining APLda g‘olib chiqish imkoniyatlarini yuqori baholadi.
«Menimcha, kelasi mavsumda biz Angliya Premyer-ligasida zafar qucha olamiz», — dedi Maunt Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Ayni damda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 34 turdan keyin 61 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi uchrashuvda «qizil iblislar» «Liverpul»ga qarshi maydonga tushishadi.













