Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Damir Temirov: "Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q"

Damir Temirov: "Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q"

Baho:
+ | -

"Andijon" klubi Superliganing 10-turida "Bobur arena"da "Dinamo"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Zaxiradan maydonga tushgan va jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan Damir Temirov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

- Damir, ajoyib o‘yin va ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Avvalo, "Dinamo"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv borasidagi fikringizni bilmoqchimiz.

- Assalomu alaykum. O‘yin juda zo‘r bo‘ldi. Shiddatli va kurashlarga boy o‘tdi. Menimcha, muxlislarga yoqdi, deb o‘ylayman.

- Zaxiradan tushayotganingizda golingiz g‘alaba keltiruvchi bo‘lishini o‘ylaganmidingiz?

- Bunaqa o‘y-xayollar albatta hammada bo‘ladi. Bandasi ixlos bilan so‘rasa, Yaratgan albatta beradi.

- Stadiondagi muhit betakror bo‘ldi. Muxlislarning bunday atmosfera yaratishi sizlarni yanada oldinga undadi, shundaymi?

- Stadiondagi atmosferani so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi, bu bizga qo‘shimcha kuch beradi. Bejizga 12-o‘yinchi deyishmaydi.

-  Jamoa qanday iroada va xarakter ko‘rsata oldi? Chunki jamoa gollarni 80 va 82-daqiqalarda kiritdi...

- Murabbiylar shtabini har bir o‘yinga rejasi bor. Shularni to‘liq bajarsak, g‘alabalarga erishaveramiz.

- Jamoada murabbiy o‘zgargach, 3 ta o‘yinda 7 ochko oldi. Ayting-chi, qanday o‘zgarishlarni sezyapsiz va bu nima bilan bog‘liq?

- Ketgan murabbiylarga rahmat aytaman. Ular ko‘p ishlar qilib ketishdi. Yangi murabbiylarga keladigan bo‘lsak, ular bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, o‘zimizni erkin his qilishimizga qo‘yib berishyapti.

-  Bilasiz, klub oldiga mavsum boshida jiddiy vazifalar qo‘yilgan. Jamoa o‘z o‘yini topib, natijalarni yaxshilab boryapti. Shunday ekan, mavjud imkoniyatlar borasida nima deya olasiz?

- Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz, natija esa Yaratgandan!

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 16:57, 30.04.2026.
O'qildi: 242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик