Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Fabregas: «Hech kim meni Konte kabi qiynamagan»

Fabregas: «Hech kim meni Konte kabi qiynamagan»

Baho:
+ | -

Shanba kuni A Seriyaning 35-turi doirasida «Komo» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi. Uchrashuv oldidan «byankoblu» bosh murabbiyi Sesk Fabregas neapolliklar ustozi Antonio Konte haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Fabregas «Chelsi»da aynan Konte qo‘l ostida to‘p surgan.

«Men Antoniodan ko‘p narsa o‘rganganman. Uning qo‘l ostida jismoniy jihatdan juda ko‘p "aziyat chekishga" to‘g‘ri kelardi — u maksimal darajadagi intensivlikni talab qilardi. Hech kim meni u kabi qiynamagan. Hozirda men ham o‘z jamoamdan xuddi shuni talab qilyapman — balki biroz boshqacharoq ko‘rinishdadir, lekin tamoyillar o‘sha-o‘sha. Konte davridagi jismoniy tayyorgarlik tufayli men dekabr oyiga kelib o‘zimni a’lo darajada his qilardim. Ko‘nikish va moslashish uchun vaqt kerak bo‘lgan, ammo men uning g‘oyalariga chin dildan ishonardim», — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

«Komo» — «Napoli» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Kiritildi: 10:48, 01.05.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик