Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Dinamo» PFK PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan stadiondagi muxlislarning nojo‘ya harakati uchun 10 million so‘mga jarimaga tortildi

«Dinamo» PFK PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan stadiondagi muxlislarning nojo‘ya harakati uchun 10 million so‘mga jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, «Dinamo» PFK jarimaga tortildi va stadionning markaziy 3ta sektoriga keyingi ikki o‘yinda tomoshabinlar kirishiga taqiq qo‘yildi.

PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan yo‘llangan xatda quyidagilar ma’lum qilingan:

«2026 yilning 12 aprel kuni Superliganing 7-turi doirasidagi «Dinamo» - «Lokomotiv»
uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvdan so‘ng “Dinamo” stadionining CIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, yelim idishlar va suv baklajkalarini uloqtirgani, ushbu buyumlar hakamlarga tegkani, xuddi shunday holat 2026 yilning 23 aprel kuni Superliganing 9-turi doirasidagi «Dinamo» - OKMK uchrashuvida ham CIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, yelim idishlar va suv baklajkalari takroran uloqtirilgani aniqlandi.

Mazkur ish yuzasidan taqdim etilgan materiallar asosida Tartib-intizom qo‘mitasi a’zolarining yig‘ilishda bildirgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, qo‘mita qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan «Dinamo» futbol klubiga 10 million so‘m miqdorida jarima hamda «Dinamo» futbol klubining kelgusi ikkita uy uchrashuvida stadionning CIP1, CIP 2 va CIP 3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo‘yish intizomiy jazo choralari qo‘llansin», - deyiladi rasmiy xatda.

Shu tariqa, mavsum oldidan stadion rahbariyatidan CIP1, CIP 2 va CIP 3 sektorlari uchun yillik abonement sotib olgan muxlislar «Mash’al» (2 may) va «G‘azalkent»ga (10 may) qarshi uy o‘yinlarida «Dinamo» stadionining boshqa istalgan sektorlarida o‘tirishlari so‘raladi.

Qayd etish joiz, «Dinamo» stadionining CIP1, CIP 2 va CIP 3 sektorlaridan hakamlarga yelim idishlar uloqtirayotgan muxlislar suv baklajkalarini stadionga qanday olib kirayotgani va bunga kim ruxsat berayotgani «Dinamo» PFKga ma’lum emas. Ammo nojo‘ya harakatlar badalini oxir-oqibat rasmiy mezbon sifatida «Dinamo» PFK to‘layotganini unutmaslikni, hozirgi vaziyatda esa bu oson emasligini to‘g‘ri tushunishni so‘rab qolamiz.

Shu bilan birga so‘nggi paytlarda stadionning faqat tegishli ruxsatnoma va akkreditasiyaga ega rasmiy shaxslar, hakamlar, murabbiylar, futbolchilarning harakatlanishiga ruxsat berilgan texnik hududlarida begona shaxslar, muxlislarning kirishi, o‘yindan keyin futbolchilar maydonni tark etishidan avval tribunadan muxlislarning maydonga tushib kelish holatlari takror va takror kuzatilmoqda va «Dinamo» PFK buning uchun PFL tomonidan bir necha marta ogohlantirilib, jarimaga tortildi. Tartibni saqlashga mas’ul xodimlar va idoralardan tartibga rioya qilmaydiganlarni bu borada jiddiyroq chora ko‘rish so‘raldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:51, 01.05.2026.
O'qildi: 162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик