Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Alvaro Arbeloa: «Men har doim futbolchilarimning birinchi himoyachisi bo‘lib qolaman»

Alvaro Arbeloa: «Men har doim futbolchilarimning birinchi himoyachisi bo‘lib qolaman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘z jamoasi futbolchilari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis shu yilning yanvar oyida Xabi Alonsoning o‘rniga kelgan edi, biroq muammoli mavsumni qutqarib qola olmadi: «qaymoqranglilar» Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi va Ispaniya Kubogini erta tark etishdi. La Ligada esa «Barselona»dan ancha orqada qolib, chempionlik uchun matematik imkoniyatlarini yo‘qotish arafasida turibdi.

Jurnalistlar barcha muvaffaqiyatsizliklar fonida Arbeloadan «Real» futbolchilaridan hafsalasi pir bo‘lgan-bo‘lmaganini so‘rashdi.

«Albatta yo‘q. Men ularni omma oldida himoya qilaman va mening taqdirim ularning ko‘rsatayotgan o‘yinlariga bog‘liq. Bu murabbiyning burchidir. Ko‘pchilik futbolchilar bilan juda yaqin munosabatdaman va har qanday muammo oramizda qolishi kerak. Men har doim ularning birinchi himoyachisi bo‘lib qolaman», — dedi murabbiy matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni «Real» safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:31, 02.05.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик