Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Spalletti: «Yuventus» Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart»

Spalletti: «Yuventus» Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi shart»

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Verona»ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiya chempionatining 35-turi doirasidagi mazkur bahs 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Spalletti Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi to‘rtinchi o‘rin nafaqat raqamlar, balki to‘g‘ri ruhiyat masalasi ekanini ta’kidladi.

«Biz bunga hozir va kelajakdagi doimiy muhitimiz sifatida qarashimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilangina o‘sishga erisha olamiz», — deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda manba.

«Verona» allaqachon A Seriyani tark etgan bo‘lsa-da, Spalletti jamoa raqibga qarshi bor mas’uliyat bilan tayyorgarlik ko‘rishini qayd etdi:

«Biz a’lo darajadagi sport formasidamiz, chunki nimaga erishishimiz kerakligini yaxshi bilamiz».

Ayni damda «Yuventus» 64 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. «Verona» esa 19 ochko bilan 19-pog‘onadan joy olgan.

Kiritildi: 21:33, 02.05.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик