Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Luis Enrike Artetaning tanqidiga javob qaytardi

Luis Enrike Artetaning tanqidiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Arsenal» ustozi Mikel Artetaning yaqinda aytgan fikrlariga munosabat bildirdi.

«Kanonirlar» ustozi «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi o‘yinni (5:4) «o‘zi ko‘rgan eng yaxshi bahs» deb atagan edi. Biroq Arteta ikki jamoa yulduzlarining bunday yuqori formada ekanligini Fransiya va Germaniya chempionatlaridagi raqobat darajasi mavsum yakuniga kelib futbolchilarga dam berish imkonini berishi, Angliyada esa buning mutlaqo iloji yo‘qligi bilan izohlagan edi.

«Har kimning o‘z shaxsiy tajribasiga asoslangan fikri bor. Haqiqat shundaki, Bundesliga va Liga 1da jamoalar soni kamroq, bu esa yuqori darajani saqlab qolishga yordam beradi. Boshqa chempionatlarda esa tijoriy sabablarga ko‘ra ko‘proq o‘yinlar o‘tkazishga urg‘u beriladi. Qaytarib aytaman, bu borada hammaning o‘z qarashi bor», – dedi Enrike «Loryan» bilan durangdan (2:2) keyingi matbuot anjumanida.

5 may kuni «Arsenal» Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi. «Bavariya» esa bir kun o‘tib o‘z maydonida «PSJ»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 10:42, 03.05.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик