Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«MYU» himoyachisi sobiq murabbiyning tanqidiga javob qaytardi

«MYU» himoyachisi sobiq murabbiyning tanqidiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Patrik Dorgu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorimning uning o‘yini haqidagi tanqidiy fikrlarini og‘riqli qabul qilganini tan oldi. O‘tgan yilning oxirida portugaliyalik mutaxassis «har safar Dorgu to‘pni qabul qilib olganida, xavotirga tushaman», deb aytgan edi.

«Bu gaplar ko‘nglimga biroz og‘ir botdi. Murabbiy siz haqingizda yomon gapirsa, bu albatta ta’sir qiladi. Men bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishga va o‘yinimni yaxshilashga harakat qildim. Hatto Amorim iste’foga chiqarilishidan oldin ham o‘zimga bo‘lgan ishonchim qayta boshlagan va yaxshi sport formasiga kirib olgan edim», — deya 21 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Centredevils.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim shu yilning yanvar oyida «qizil iblislar» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rnini Maykl Karrik egalladi.

Kiritildi: 13:20, 03.05.2026.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик