Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Fernandesh o‘zini APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi

Fernandesh o‘zini APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh joriy mavsumdagi muvaffaqiyatlariga baho berdi. Portugaliyalik yarim himoyachi Premyer-liganing ushbu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga asosiy da’vogarlardan biri hisoblanmoqda.

«Bu mavsumda biz ko‘plab ajoyib futbolchilarni ko‘rdik. Yashirib nima qildim, men o‘zimni eng yaxshilar qatorida deb hisoblayman. O‘ylashimcha, men hayratlanarli darajada ajoyib mavsumni o‘tkazdim», — deya Fernandeshning javobini The Touchline nashri keltirmoqda.

Brunu Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 31 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 31 yoshli yarim himoyachi APLning bir mavsumdagi golli uzatmalar rekordini takrorlashi uchun yana bitta assist amalga oshirishi kifoya.

Kiritildi: 15:18, 03.05.2026.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик