Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Brunu: «Men ketmadim, chunki hammamiz APL va YECHLda g‘olib chiqishni istaymiz»

Brunu: «Men ketmadim, chunki hammamiz APL va YECHLda g‘olib chiqishni istaymiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o‘tgan yozda nima uchun klubni tark etmaganini tushuntirib berdi.

«Gap faqat sodiqlikda emas. Men ikki yil oldin ketishim mumkin edi, uch yil oldin ketishim mumkin edi, o‘tgan mavsumda ham ketishim mumkin edi, lekin menga bu yerda bo‘lish juda yoqadi.

O‘ylaymanki, ushbu klub bilan muvaffaqiyatga erishish — boshqa hech qaysi klubda ololmaydigan narsamdir. Dunyodagi boshqa biror jamoadan bunchalik quvonch va o‘zim istagan barcha narsani ololaman deb o‘ylamayman.

Muxlislar buni qanchalik istayotganini, ular qanchalik ehtirosli ekanini bilaman. Klubning avvalgi mavqeiga qaytishini ular qanchalik kutayotganidan xabarim bor. Biz hammamiz bir qayiqdamiz. Men bu qayiq shunchaki joyida turmay, oldinga harakat qilishini istayman.

Ha, men Angliya liga kubogi va Angliya kubogini yutdim, ammo biz hali klub, muxlislar, shaxsan o‘zim va butun jamoa istagan narsaga erishganimiz yo‘q. Shartnomam tugagunga qadar harakat qilishdan to‘xtamayman.

Olti yil oldin klub menga ishonib bu yerga olib keldi va jamoaga yordam bera olishimga ishondi. Mening qolish haqidagi qarorim bu yerda hali orzularimni amalga oshira olmaganim bilan bog‘liq.

Men o‘zim xohlagan hamma narsaga hali erishganim yo‘q. Klub bilan Premyer-liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishni istayotganimni hech qachon yashirmaganman. Balki bunga erisharman, balki yo‘q. Lekin imkoniyatim bor ekan yoki shu yerda ekanman — harakat qilaveraman.

Bu qiyin bo‘ladimi? Ha. Ligada ko‘p yillardan beri chempionlikni qo‘lga kiritayotgan va barqaror ravishda yetakchilar qatorida yurgan top-klublar bor, biz esa hozircha unday emasmiz», — dedi Brunu Gari Nevill bilan suhbatda.

Kiritildi: 15:42, 03.05.2026.
O'qildi: 454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик